«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Barselona»ga qarshi Ispaniya superkubogi o'yinidan oldin o'z fikrini aytdi.
«Yakshanba kuni Neymarning o'rniga maydonga tushadigan futbolchi uning o'rnini bosolmaydi. Dunyoda Neymarga teng keladigan futbolchilar juda kam.
Ha, «Barselona»da o'zgarishlar yuz berdi, biroq u baribir «Barselona» bo'lib qolaveradi. Ularning o'yini uslubi o'zgarmaydi. Agar bizni oson o'yin kutmoqda deb o'ylasak, xato qilgan bo'lamiz.
Futbolchilarimizning jismoniy va ruhiy holati joyida. Hamma maydonga tushishni istamoqda. Tanlash imkoniyatimiz bor. Ronaldu ham tayyor.
Superkubok o'yinlari muhim, chunki bu sovrindir. Ko'pchilik bu o'yinni «Barselona»ga qarshi qarama-qarshilik sifatida ko'rmoqda, bu men uchun hech narsani o'zgartirmaydi», — dedi Zidan.