«Real» 2018 yilda hujumchi Erling Xolandni qo'lga kiritishi mumkin edi. Norvegiyalik futbolchi bu paytda «Molde» safida o'ynar edi.
"Marca" tarqatgan xabarga ko'ra, "Qirollik klubi" bundan ikki yarim yil avval Xoland uchun 8 million evro to'lashni istamagan. «Real» u paytda o'zini Braziliya tomonlarga qaratib, Vinisius Junior bilan shartnoma imzolagan edi.
Xoland 2019 yilning yanvar oyida 8 million evro evaziga «Zaltsburg»ga o'tgan bo'lsa, oradan bir yil o'tib, Dortmundning «Borussiya» klubi 20 million evroga transfer qilindi.