«Real» klubi rahbariyati yangi homiylar bilan muzokara olib bormoqda. Jamoa 300 mln evro miqdoridagi byudjet taqchilligini yopishi kerak. Bu haqda "The Times" xabar tarqatdi.
Pandemiya va ishqibozlarning stadionga kiritilmayotgani klubning moliyaviy ahvoliga jiddiy ta'sir ko'rsatdi. Shu bois, "qaymoqranglilar" Saudiya Arabistonining "Qiddiya" kompaniyasi bilan muzokara olib bormoqda.
"Madrid" yaqinda Amerikaning "Providence" kompaniyasi bilan 2027 yilgacha mo'ljallangan umumiy miqdori 205 million evroga teng shartnoma imzolagan edi.