"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya klublarining xalqaro arenadagi kuchi borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Ispaniya klublari o'z kuchini yo'qotib qo'ydi, deb o'ylamayman. Oson engilishi mumkin bo'lgan birorta jamoa yo'q. Hozirda katta ishtiyoq evaziga g'alaba qozonish mumkin, agar bunday qilmasang, har qanday raqib seni mag'lub etishi mumkin.
La ligani esa hamon ajoyib va kuchli chempionat, deya hisoblayman", - dedi Zidan "Marca" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'taimiz, "Barselona" va "Sevilya" klublari joriy haftada Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida o'z raqiblariga yutqazishdi. "Real Sosedad" esa Evropa ligasi 1/16 final bosqichida "Manchester Yunayted"ga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi. Ammo "Vilyarreal" Avstriyaning "Red Bull" klubini (2:0), "Granada" esa "Napoli"ni mag'lub etdi (2:0).