Madridning "Real" klubi jarohatlardan jabr chekishda davom etmoqda. Bugunga kunga kelib "qaymoqranglilar"ning lazaretida 9 nafar futbolchi davolanmoqda.
Jarohatlar sababli, La Liga doirasida "Valyadolid" jamoasiga qarshi o'yinni Karim Benzema, Eden Azar, Alvaro Odriosola, Serxio Ramos, Marselo, Dani Karvaxal, Federiko Valverde, Rodrigo va Eder Militaolar o'tazib yuboradi.
Shu sababli, "blankoslar" ustozi Zinedin Zidan "Kastilya"ning bir qator yosh futbolchilarining xizmatidan foydalanmoqchi.
Shanba kuni bo'ladigan uchrashuvda 20 yoshli himoyachi Viktor Chust, 19 yoshli hujumkor yarim himoyachi Serxio Arribas, 19 yoshli chap qanot himoyachisi Migel Guterres, 20 yoshli tayanch yarim himoyachisi Antonio Blanko va 21 yoshli hujumchi Ugo Duro ishtirok etishlari mumkin.