Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema EChL doirasida Italiyaning "Atalanta" jamoasiga qarshi o'yinda maydonga tushmasligi mumkin. Ispaniya matbuotining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Frantsiyalik hujumchining oyog'ida muammolar paydo bo'lgan.
Manbaning yozishiga qaraganda, Benzema sonida kuchli og'riqni his qilmoqda. Benzemaning davolanishi uchun qancha muddat ketishini haqida aniq ma'lumot yo'q.
«Real» «Atalanta» klubi bilan EChL doirasida 24 fevral kuni Italiyada o'zaro bahs olib boradi.