Bellashuvdan keyin jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher 83-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Amad Diallo haqida fikr bildirdi.
"U asosiy tarkibda maydonga tushishga juda va juda yaqin. Hisob 3:0 bo'lib turganda biz unga debyut 10 daqiqalikdan rohat olishga imkon berdik.
U qachon asosiy tarkibda tushadi? Buni yakshanba kuni "Nyukasl"ga qarshi bellashuvdan keyin hal qilamiz. U o'rinbosarlar tarkibida qator uchrashuvlarni o'tkazdi va yana bir nechta o'yin o'tkazishi lozim. Ko'ramiz, u qancha o'yin amaliyotiga ega bo'larkin", - dedi Sulsher.