Ok Diarro nashrining xabar berishicha, «Real Madrid» murabbiyi Zinedin Zidan faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Manbada aytilishicha, «Yuventus» prezidenti Andrea Anelli va jamoa vitse-prezidenti Pavel Nedvedlar frantsiyalik mutaxasis bilan aloqaga chiqishgan. Mutaxasisning «Real Madrid» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilda tugaydi, agar u jamoa bilan biror bir sovringa ega chiqmasa, mavsum oxirida jamoani tark etishi mumkin. Zidanning Italiyaga qaytishiga uning «Yuventus»da o'ynagani ham sabab bo'lishi mumkin. «Yuventus» rahbarlari murabbiy ertami-kechmi Italiya jamoasini boshqarishiga ishonadi.
Bundan tashqari, «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning yana Zidan bilan ishlashini istamoqda.