“Sevilya“ning frantsyalik himoyachisi Jyul Kunde faoliyatini “Manchester Yunayted“da davom ettirishi mumkin.
Ingliz klubi futbolchi uchun Ispan jamoasiga 70 million evrogacha taklif qilishga tayyor. Shuningdek, 22 yoshli markaziy himoyachiga “Real“, “Barsa“ hamda “PSJ“ jamoalari ham qiziqish bildirmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra “MYu“ bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Kundeni Garri Maguayr bilan juftlikda ko'rishni istamoqda.
Ushbu mavsum Kunde barcha turnirlarda 31 o'yin o'tkazib, 3 gol urishga muvaffaq bo'lgan.