Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Federiko Valverde xizmatlariga Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi qiziqish bildirmoqda.
Bu haqda Britaniya matbuoti xabar beradi. Manbaga ko'ra, «mankunianlar» urugvaylik futbolchini jarohatlar girdobiga tushib qolayotgan Pol Pogbaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Frantsuz katta ehtimol yozda Manchesterni tark etadi.
Ma'lumot o'rnida ta'kidlash mumkinki, Valverde joriy mavsum «qirollik klubi» safida 20 ta o'yinda maydonga tushib, 3 gol urishga muvaffaq bo'ldi.