"Real" sardori Serxio Ramos XXI asrda eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi. Bu haqda Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Ispaniyalik futbolchi asr boshidan buyon rasmiy o'yinlarda 126ta gol urgan: "Real" safida 103ta, Ispaniya terma jamoasi tarkibida — 23ta.
Bu borada yaponiyalik himoyachi Markus Tulio Tanaka 104ta gol bilan ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, jazoirlik Abdurahmon Xashud kuchli uchlikka kirdi.
XXI asrda eng ko'p gol urgan himoyachilar (top-10):
1. Serxio Ramos (Ispaniya) — 126 gol
2. Markus Tulio Tanaka (Yaponiya) — 104 gol
3. Abdurahmon Xashud (Aljir) — 88
4. Keylor Soto (Kosta-Rika) — 86
5. Markus Yurgenson (Estoniya) — 85.
6. Dario Srna (Xorvatiya) — 79
7. Jozef Chipolina (Gibraltar) — 78
8. Roland Yuxash (Vengriya) — 74
9. Branislav Ivanovich (Serbiya) — 73
10. Jon Terri (Angliya) — 73