"Barselona" hujumchisi Lionel Messi kecha bo'lib o'tgan Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida "PSJ"ga qarshi o'yinda bitta gol muallifiga aylandi.
Natijada, argentinalik futbolchi ketma-ket 17ta kalendar yilida nufuzli musobaqada gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha u "Real" klubi sobiq hujumchisi Raul Gonsalesning natijasini takrorladi. Ispaniyalik forvard 1995-2011 yillar davomida EChL bahslarida gol urgan.
Messining Chempionlar ligasidagi gollari soni 119taga etdi. Etakchi Krishtianu Ronaldu hisobida esa 134ta gol mavjud. Raul EChLda 71ta gol urgan.