Yaqindagina bosh murabbiy Zinedin Zidan faqatgina 12ta maydon o'yinchisiga ishonch bildirishi mumkin edi. Kecha umumiy guruhdagi mashg'ulotga 3 fevraldan beri navbatdagi jarohatini tiklayotgan belgiyalik yarim himoyachi Eden Azar qo'shilgan.
Azar cheklovlarsiz to'p bilan ishladi, ammo kuch va chidamlilik talab qilinadigan mashqlarni bajarmadi. Futbolchining "Valyadolid"ga qarshi o'yinda zaxirada qolishi kutilmoqda.
30 yoshli Eden Azar joriy mavsum 13ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.