«RB Leyptsig» bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann 2018 yilda Madridning «Real» jamoasiga murabbiylik qilish taklifidan bosh tortganini ma'lum qildi.
«Men uchun kelajagim borasida maqbul qaror qabul qilishim kerak edi. Bu oson bo'lmasa ham, men ushbu taklifni rad etdim. O'ylashimcha, qarorim to'g'ri bo'lgan, boisi «Real» dunyoning eng yaxshi klublardan biri.
O'sha paytda men bu vazifaga tayyorgarlik ko'rish va tilni o'rganishga ulgurmadim. Bundan tashqari menda xalqaro miqyosda ishlash tajribasi yo'q edi. Ehtimol, ular menga yana taklif bilan chiqishsa, men bunga rozi bo'laman",– deydi Nagelsmann