"Barselona" yarimhimoyachisi Ivan Rakitich Ispaniya chempionatida "Las-Palmas" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (4:1) chempionlik kurashidagi raqibi "Real"ning qoqilishidan butun jamoasi bilan umidvorligini bildirdi.
"Albatta, "Real" hali Vigo yoki Malagada qoqilishi mumkin. Bu o'ynash qiyin bo'lgan ikkita stadiondir. Biz esa, dam olib, o'zimizning ixtiyorimizda bo'lgan "Eybar"ga qarshi o'yinga tayyorlanishimiz kerak. "Real"ning xatosini kutamiz va bu chorshanba kuni bo'lishiga umid qilamiz. Ammo biz "Barselona"miz, birinchi navbatda o'z o'yinimzga e'tibor qaratamiz", - deydi Rakitich.