«Bavariya» himoyachisi David Alaba 16 fevral, seshanba kuni jamoadan ketishi haqidagi qarorini e'lon qiladi.
"Bild" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, avstriyalik futbolchi mavsum yakunlanganidan keyin «Bavariya»ni tark etishga qaror qilganini aytadi.
Avvalroq insayder Fabritsio Romano futbolchi «Real»ga o'tish borasida kelishuvga erishganini ma'lum qilgan edi. Tomonlar yanvar oyi boshida muzokara o'tkazishdi va og'zaki kelishuvga erishishdi. David madridliklar bilan 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzolaydi.
Ma'lumotlarga qaraganda, «Chelsi», «Liverpul» va bir qator klublar Davidni o'z saflariga chorlashyapti, ammo Alaba faoliyatini «Real»da davom ettirishni istamoqda.
Alaba joriy mavsumda Bundesliga doirasida 20ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi. Uning myunxenliklar bilan shartnomasi 2021 yilning 13 iyun kuni yakuniga etadi.