Madridning "Real" jamoasi sardori Serxio Ramos klubni tark etadi, deb xabar bermoqda "El Chiringuito" jurnalisti Jozep Pedrerol.
"U ketadi, ketadi va yana ketadi. Serxio ketish qarorini hal etib bo'lgan. Manzil qaerligini barcha bilib turibdi. Buni yaqin kunlarda aniqlashtirib olamiz", - deydi Pedrerol.
Eslatib o'tamiz, Ramosning "qirollik klubi" bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi. Ispaniyalik futbolchi hozircha shartnomasini uzaytirish borasida o'ylamayapti.