«Real» sardori Serxio Ramos jamoani tark etadi. Bu haqda "El Chiringuito" shou-dasturi boshlovchisi Jozep Pedrerol xabar tarqatdi.
«U ketadi. Bunda eng asosiy masala — Ramos jamoadan ketishini qachon e'lon qilishida va qaysi jamoaga o'tishini tan olishida», – dedi Pedrerol.
Eslatib o'tamiz, Ramosning amaldagi shartnomasi joriy mavsum so'ngida yakunlanadi.