«Real»ning o'ng qanot himoyachsi Daniel Karvaxal «Valensiya»ga qarshi (2:0) o'yinda o'ng oyoq son mushaklari qismidan jarohat olib uchrashuvning 26- daqiqasida zahiraga olindi. Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining ushbu jarohatdan tiklanish muddati ikki oyni tashkil etadi.
Ispaniyalik himoyachi avval orttirib olgan jarahoti sabab yanvar oyining boshidan buyon maydonga tushmayotgan edi. Endi esa «Real» uning xizmatlaridan yana bir necha oy foydalana olmaydi.
Karvaxal joriy mavsum, barcha musobaqalardagi 12 o'yin o'tkazib, ikki golli uzatmaga mualliflik qilgan.