Ispaniyalik himoyachi katta ehtimol bilan 24 fevral kuni bo'lib o'tadigan CHempionlar Ligasi 1/8 final doirasidagi "Atalanta"ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi.
Eslatib o'tamiz, Karvaxal yaqindagina jarohatidan tuzalgandi. U fevral oyining boshida jarohat olgan edi.
29 yoshli himoyachi joriy mavsum La Liga doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 4ta assist qayd etdi. Futbolchining "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Qayd etish kerakki, Dani "qirollik klubi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.