Garchi klub ayni damda moliyaviy qiyinchiliklarga uchrayotgan bo'lsa-da, "Real" rahbariyati bunga qadar Kazemiro borasida kelib tushgan takliflarga rad javobini bergan va shu tarzda davom etadi.
O'tgan yozda Kazemiroga PSJ tomonidan konkret taklif tushgan, ammo "Real" futbolchisini qo'yib yubormaslikni lozim topgan.
Yarim himoyachining "Real" bilan shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi. U ushbu mavsumda LaLishada 19 o'yinda 4 gol urdi.