"AVS" xabariga ko'ra, futbolchi ushbu haftada bir necha marta klub vakillari bilan uchrashgan va klub prezidenti Florentino Peresga jamoada qolishga tayyorligini aytgan. Ammo hozirda tomonlar yakuniy qarorga kelmagan.
Yozilishicha, "Real" Ramosga 2 yillik shartnoma taklif qilgan va unda futbolchining maoshi 10 foizga pasaytirib ko'rsatilgan. Uning amaldagi kelishuvi ushbu yozda yakuniga etadi.
Ayni damda Ramos tizzasidan operaciya qilingani sababli tiklanish davrini o'tkazmoqda.