"Murabbiy sifatida Beylga eng yaxshi tilaklarni tilayman. U va Mourinyu o'rtasida nima bo'lganini bilmayman. Garetda ham "Real"ning boshqa futbolchilari singari hammasi yaxshi deb umid qilaman", – deya Zidanning so'zlarini keltirmoqda AS.
Beylning "qaymoqranglilar" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilgacha amal qiladi. Sentyabr oyidan buyon "Tottenxem" safida ijarada harakatlanayotgan futbolchi hozirgacha 15 uchrashuv o'tkazib, 4 ta gol urdi.