Qirollik klubi futbolchilari Dani Karvaxal va Lukas Vaskeslar jarohatlaridan forig' bo'lib, safga qaytishdi va kengaytirilgan tarkibdan o'rin olishdi.
Jarohati tufayli bir qator uchrashuvlarni o'tkazib yuborgan himoyachi Daniel Karvaxal joriy mavsum, barcha musobaqalardagi 11 o'yin o'tkazib, ikki golli uzatmaga mualliflik qilgan. Ispaniyalik Lukas Vaskes esa 23 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol va 3 golli uzatma amalga oshirgan.
Eslatib o'tamiz, «Real Madrid» La Liganing 22 turidan keyin 46 ochko to'plab, turnir jadvalida uchinchi o'rinni band etib turibdi.