«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan jamoa bilan yangi shartnoma imzolashini tasdiqladi.
«Bundan baxtiyorman, ammo qaerda ishlayotganimni juda yaxshi tushunaman. 10 yoki 20 yillik shartnoma imzolashim mumkin, biroq yil oxirida jamoani tark etishim ham hech gap emas. Qanday klubda ishlayotganimni juda yaxshi tushunaman.
Menga ishonch bildirilganidan baxtiyorman. Bunday jamoada har bir o'yinda g'alaba qozonib, sovrinlarni yutib olish talab qilinadi» - dedi Zidan.
Avvalroq, Zidanning «Real» bilan 2020 yilgacha yangi shartnoma imzolashi va yiliga 8 mln evro maosh olishi haqida xabarlar chiqqan edi.