«Real» vingeri Eden Azar olgan jiddiy jarohatidan muddatidan oldinroq tiklanishi mumkin.
Marca xabariga ko'ra, belgiyalik futbolchi belgilangan barcha vazifalarni o'z tartibida bajarmoqda va uning yaqin orada safga qaytishi kutilyapti.
Eslatib o'tamiz, Azar fevralning boshida muskullarini jiddiy shikastlab olib olti haftaga safdan chiqqani to'g'risida xabarlar tarqalgan edi.