Ispaniya terma jamoasi futbolchisi La Liga doirasidagi "Xetafe" (14 fevral) va Evropa Ligasi doirasidagi "Manchester Yunayted" (18 fevral)ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuborishi mumkin.
Marca malumotlariga ko'ra, ispaniyalik futbolchining tiklanish muddati 2-3 haftagacha vaqtni oladi.
Oyarsabal joriy mavsum La Liga doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urdi va jamoasining eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.