«Real Madrid» jamoasi etakchisi Karim Benzema hozircha yangi shartnoma haqida o'ylamayapti. Chunki u 2022 yildan keyin klubga foydali bo'lishiga ishonch hosil qilmayapti.
Avvalambor, futbolchi amaldagi shartnomaning oxirida qanday jismoniy holatda bo'lishini, jamoaga yordam bera oladimi yoki yo'qligini aniqlab olmoqchi.
Shuningdek, shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish yoki frantsuzning 2009 yilgacha o'ynagan sobiq jamoasi «Lion»ga qaytish ehtimollari ham yo'q emas.
33 yoshli Benzema joriy mavsum, La Liganing 20 uchrashuvida maydonga tushib, 11 gol va 5 assist muallifiga aylangan.