"Real Madrid"ning sobiq prezidenti Ramon Kalderon Joan Laporta "Barselona" prezidenti bo'lishiga umid qilmoqda.
«Yaxshi kunlarda ham yomon kunlarda ham u mening yonimda bo'ldi. Hatto men unga bunday qilmasam ham. Laporta menga yaxshi munosabatda bo'ldi. Shuning uchun futboldagi raqobatdan tashqari, men unga har doim eng yaxshi tilaklarni tilayman.
Laportaning "Barselona"dagi prezidentlik saylovlarida g'alaba qozonishi ushbu klub muxlislari uchun ajoyib yangilik bo'lar edi. Men u qaytib kelganidan juda xursandman. Unga faqat maqsadiga erishishini tilayman» –deb yozdi Kalderon o'zining twitter sahifasiga.