«Valensiya» markaziy himoyachisi Xose Gayya o'ziga tushgan bir qator manfaatli takliflarni rad etdi.
Tribina Deportiva ma'lumotiga ko'ra, 25 yoshli futbolchi jamoada qolishni istamoqda. U buning uchun «Arsenal» va «Real»dan tushgan takliflarni rad etgan.
Uning yo'lida hozir ikkita variant mavjud. Birinchisi, jamoada butun faoliyatini davom ettirish bo'lsa, ikkinchisi, «Barselona»ga ko'chib o'tish. U Alba bilan birgalikda o'ynashni xohlaydi.
Gayya joriy mavsum 19 o'yinda maydonga tushib 4 assistni qayd etgan.