"Valensiya" himoyachisi Xose Gayya qishda klubdan ketishni rad etdi. 25 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun "Arsenal" va "Real" klublari davogarlik qilishgan edi, ammo o'yinchi jamoasini almashtirishni xohlamadi.
Gayya faoliyatini davom ettirish uchun ikkita variantni ko'rmoqda: birinchisi - "Valensiya"da qolish va u bilan faoliyati davomida oxirigacha birga bo'lish, ikkinchisi - Jordi Alba yo'lidan borish uchun "Barselona"ga yo'l olish. Kataloniyaliklar ham transferi 20 mln evroga tushadigan futbolchiga befarq emaslar.
Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 4ta assist qayd etdi.