Franciyalik futbolchi uchun yangi davogar Turinning "Yuventus" klubidir. Himoyachining xizmatlariga shuningdek "CHelsi", PSJ va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda.
"Qirollik klubi" Rafael bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Varan joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi. U "Real" sharafini 2011 yildan beri himoya qiladi.