"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan jamoa bilan yangi shartnoma imzolashga tayyorgarlik ko'rmoqda.
AS xabariga ko'ra, mutaxassis Qirollik kulbi bilan 2020 yilgacha mo'ljallangan mehnat bitimini tuzadi Uning maoshi 4,35 mln evrodan 8 mln evroga oshiriladi.
Biroq, bu bilan Zidan dunyoning eng ko'p maosh oluvchi murabbiylari orasida 5-o'ringa chiqib oladi xolos. Ayni paytda bu ro'yxatni "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola boshqarib bormoqda. Uning maoshi 16,8 mln evroga teng. Undan keyingi o'rinlarni Joze Mourino («Manchester Yunayted» - 15,5 mln evro), Andre Villash-Boash («Shanxay-SIPG» - 12,3 mln evro) va Karlo Anchelotti («Bavariya» - 10 mln evro) egallab turibdi.
Eslatib o'tamiz, Zidan 2016 yil yanvaridan buyon "Real"ni boshqarib kelmoqda. Uning rahbarligida jamoa Chempionlar ligasida ikki marta, shuningdek Ispaniya chempionatida, UEFA superkubogida va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'alaba qozongan.