"Qirollik klubi" Olmo orqali jamoani tark etishi kutilayotgan Lukas Vaskesning o'rnini to'ldirmoqchi. 22 yoshli ispaniyalik futbolchining o'zi ham vataniga qaytishga qarshi emas.
Takidlanishicha, jamoaning hujum chizig'ini kuchaytirish "Real" rahbariyati uchun yozgi transfer oynasidagi birlamchi vazifa hisoblanadi.
Olmoning transferi madridliklar uchun 30 mln evroga tushishi taxmin qilinmoqda. Futbolchining manfaatlarini himoya qiluvchi agent — Xuanma Lopes "Real Madrid" bilan yaxshi munosabatda. U "qaymoqranglilar" vakili Nacho Fernandes hamda jamoaning sobiq forvardi Alvaro Morataning vakili hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Olmo 2007-2014 yillarda "Barselona" akademiyasida tahsil olgan. U "Leypcig" tarkibiga 2020 yilning yanvar oyida Zagrebning "Dinamo" jamoasida kelib qo'shilgan edi (21 mln evro evaziga).
Bundesliganing joriy mavsumida 20 ta uchrashuv o'tkazgan yarim himoyachi 3 gol, 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.