«Qirollik klubi» rahbariyati Ramos bilan haliyam shartnoma borasida kelisha olmayapti.
Yaqinda futbolchiga uning manfaatlarini hisobga oluvchi navbatdagi yangi taklif ilgari surildi. Unda bir yillik shartnoma ikki yilga uzaytirilgan.
Ammo, bandda maoshning 10 foizga qisqartirilish qismi ham mavjud. 34 yoshli ispan aynan mana shu oxirgi qismidan norozi. U maoshining to'liq saqlanib qolishini xohlaydi.
Eslatib o'tamiz, Ramosning vaziyatini «PSJ» va «MYu» klublari bir chetdan kuzatib turishibdi.