"Futbolni imkoni boricha ko'proq o'ynamoqchiman. Men maydonga chiqqanimda zavq olaman. Hali faoliyatimning yaqin yillari qanday o'tishi borasida o'ylab ko'rmadim.
Men endigina 30 yoshdaman. Jismoniy jihatdan menda barchasi joyida. Yana kamida 5-6 yil o'ynashni xohlayman", - deydi belgiyalik futbolchi.
Eden joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi. Uning "galaktikos" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.