Varan so'nggi o'yinlarda "Real" mudofaasida asosiy rolni bajardi, ammo "Real" bosslari futbolchi bilan yangi shartnoma borasida oldinga siljish yo'qligidan bezovta bo'lmoqda.
Eslatib o'tamiz, Franciya terma jamoasi o'yinchisining "Real" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Agar muzokaralar ijobiy yakun topmasa, "Real" yozda o'yinchini sotishga urinib ko'radi. Davogarlar - PSJ va MYU. "Qirollik klubi" o'yinchining sotuvidan 71 mln evro ishlamoqchi, ammo 50 mlndan boshlanadigan takliflarni ham ko'rib chiqadi.
Eslatib o'tamiz, Rafael Varan "Real"ga 2011 yilning yozida "Lans"dan 10 million evro evaziga o'tgan edi.
Takidlash kerakki, o'yinchi "Real" bilan bir qator sovrinlar, jumladan 4ta ECHL sovrinini yutgan.