Madridning "Real" sardori Serxio Ramos avvalroq tizzasidan operatsiya qilingani tufayli, 6-8 haftani o'tkazib yuborishi haqida ma'lumot tarqatilgandi.
"Sizga qarshi qo'pol o'ynashsa bilardingiz. Agarda uni har doim maydonga tushiraversak, jarohat chuqurlashib, mavsumning qolgan qismini ham maydon tashqarisida o'tkazib yuborgan bo'lardi.
Vaziyat juda og'ir. Qarorni hurmat qilish kerak. O'ylashimcha bu to'g'ri qaror va uni hurmat qilishimiz muhim. Menimcha insonlar Ramosning o'yinga chanqoqligi, jamoaga fidoiyligiga shubha qilishmaydi. Futbol - uning asosiy maqsadi va xohishi. Lekin futbolchilarimning sog'ligi men uchun hammasidan ustun", - dedi Zidan.