«Qirollik klubi» himoyachisi Nacho Fernandesni xarid qilish uchun A Seriya klublari «Napoli» hamda «Roma» kurash olib boradi.
Football Italia ma'lumotiga ko'ra, «Real» futbolchisini yozda qo'yib yuborishi mumkin. Hozircha klub uning narxini 10 million evroga baholagan. Ispaniyalikning «qaymoqranglilar» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozgacha belgilangan.
U joriy mavsum 11 uchrashuv davomida bir marotaba samarali uzatmani amalga oshirdi.