Madridning «Real» klubi xavbeki Isko klubda ortiq qolmoqchi emas.
Bu haqda Diario Gol xabar qiladi. U 2022 yili yakuniga etadigan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi va endi futbolchi erkin agent sifatida o'zi istagan klub safiga borib qo'shilishi mumkin.
Bundan avvalroq, Iskoni Turinning «Yuventus» klubi ham o'z tarkibiga qo'shib olishga harakat qilib ko'rgan edi.