"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos seshanba kuni bo'lib o'tadigan "Xetafe"ga qarshi Ispaniya chempionati doirasidagi o'yinni o'tkazib yuboradi.
31 yoshli germaniyalik futbolchi shanba kungi "Ueska" (2:1)ga qarshi o'yinda La Ligada mavsumdagi 5-sariq kartochkasini olgan edi, shu sabab u yaqin o'yinni diskvalifikaciya sabab o'tkazib yuboradi.
Mushak jarohati sabab "Xetafe"ga qarshi o'yinda "Ueska"ga qarshi bahsda jarohat olgan "Real" himoyachisi Alvaro Odriosola ishtirok etmaydi.