Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Toni Kroos jamoasining navbatdagi o'yinida maydonga tusha olmaydi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, «qirollik klubi»ning La Liga 1-tur qoldirilgan «Xetafe»ga qarshi bahsida futbolchi ishtirok eta olmaydi.
Unda yig'ilib qolgan sariq kartochkalar bilan bog'liq muammo mavjud. Shuningdek, Kroosni muskullaridan olgan jarohati ham qiynamoqda. Uning pozitsiyasini esa Odriosola to'ldirishi kutilyapti.
«Real» hamda «Xetafe» to'qnashuvi 9 fevralda bo'lib o'tadi.