«Real» sardori Serxio Ramos tizzasidagi jarohat tufayli kecha operatsiya stoliga yotishga majbur bo'ldi. Natijada u 6-7 hafta davomida maydondan tashqarida qoladi.
Mazkur vaziyat futbolchi va klub o'rtasida olib borilayotgan yangi shartnoma borasidagi muzokarani qiyin holatga tushirib qo'ydi. Shu bois, tomonlar ushbu mavzuni aprel oyiga qadar to'xtatib qo'yishlari mumkin.
Eslatib o'tamiz, Ramos 2021 yilning yozida erkin agentga aylanadi. Joriy mavsumda u La liga doirasida 14ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urdi.