Hujumchi Kilian Mbappe «PSJ» bilan shartnomasini uzaytirishga rozi, deb xabar beradi As. Faqat ushbu shartnomada Mbappe «Real» yoki boshqa bir top-klubga qo'yib yuborilishi haqidagi band bo'lishi darkor. Frantsiyalik hujumchi aynan ushbu shart bilan yangi shartnoma tuzishga tayyor. Tomonlar ushbu holatni koronavirus pandemiyasi avj olayotganda muhokama qilishni boshlagan.
Eslatib o'tamiz, Mbappe «Real»ning asosiy transfer maqsadlaridan biri. Ammo, «qaymoqranglilar» koronavirus pandemiyasi sharoitida ko'p pul sarflashga tayyor emas va Kilianga hozir «PSJ»da oladigan maoshni taklif etishi mumkin. Parij klubi esa o'z navbatida uning maoshini bir yarim barobardan ko'proq miqdorda oshirishga tayyor.
Ma'lumot o'rnida, frantsuz futbolchisi joriy mavsum Frantsiya chempionatida 19 o'yin o'tkazib, 15 gol hamda 6 assistga mualliflik qilgan.