«Real» ustozi Zinedin Zidan La Liga doirasida «Ueska» (2:1) ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Jamoaning ko'rsatgan o'yinidan qoniqdim. Nafaqat g'alabadan, balki, himoya va irodadan ham qoniqish hosil qildim. Bugun o'yinimizni kuchaytirishimiz va yutishimiz shart edi. Juda muhim g'alaba.
Ramosning operatsiya qilinganini qo'shib hisoblaganda, tarkibimizda etti yoki sakkiz nafar futbolchi yo'q. Bu o'zimizni oqlash emas, fakt. Futbolchilar tezroq safga qaytishlarini xohlaymiz.
Jamoa La Liga chempionligi uchun kurashadi, hech qachon qo'limizni tushirmaymiz. Qolaversa, qiyin davrlarda. Oxirigacha kurashamiz. Hozir ikkinchi o'rindamiz va bundan ko'prog'ini xohlaymiz.
Men Ramosga xabar yubordim. Operatsiya muvaffaqiyatli o'tganini bilaman. U ertadan tiklanish jarayonini boshlaydi», – dedi Zidan.