«Real» klubi bosh murabbiy Zayniddin Zidan madridliklar boshqaruvidagi kelajagi haqida gapirdi.
"Nima bo'lishini bilmayman. Biz mavsumni shu tarkibda yakunlashga loyiqmiz. Murabbiy almashishi haqida ko'p gapirilmoqda. Bilmadim, mening omadim bor.
Garchi odamlar ketishimni xohlayotgan bo'lsa-da, men bu ishni qilmoqchi emasman. Va, futbolchilar ham. Qiyin vaziyat haqida ko'p gapirilmoqda. To'g'ri, biz yuqorida emasmiz, ammo bu vaziyatni o'zgartirishga jiddiy kirishganmiz.
O'tgan mavsum La Ligani yutdik. Biz. «Real»... Kelasi mavsumda, balki, qandaydir o'zgarrishlar qilishga to'g'ri kelar. Biroq bu mavsumda ham kurashish huquqiga egamiz. Keling kurashamiz.
Biz chempionatni o'tgan yili yutdik, o'n yil avval emas. Shu sabab ozgina hurmat ko'rsating.
Siz (jurnalistlar) ko'p gapirasiz. Biroq siz javobgarlikni o'zingizga olib mening yuzimga aytishingiz kerak: «Men ketishingni xohlayman». Yoki: «Biz seni ketishingni istaymiz». Biroq buni yuzimga aytishing kerak, ortimdan emas.
Bir kuni durang o'ynaymiz yoki yutqazamiz, yana iste'fo haqida gap-so'zlar yangraydi. Har bir yomon o'yindan keyin mendan bu haqda so'rashadi. Men bunday munosabatga loyiq emasman.
Ozgina jahlim chiqdi, ikki hafta izolyatsiyada bo'ldim (koronavirus sabab) va oxirigacha kurashishimni ko'rsatib qo'yish imkoniyatini intiqlik bilan kutyapman", — dedi Zidan.
«Real» 20-turdan keyin 40 ochko bilan La Liga musobaqa jadvalida 3-o'rinda bormoqda va bitta zaxira o'yiniga ega «Atletiko»dan 10 ochko ortda qolgan.