Klub tabiiyki o'z sardorini saqlab qolmoqchi, lekin tomonlar hozircha kelisha olishmayapti. Kuni-kecha esa Nacho "Tvitter"da shu mavzu borasidagi tvitga "layk" bosdi.
Gap shundaki, Nacho GrandeMouReal nomli foydalanuvchi: "Ramosga shartnoma muzokarasi davomida ortiqcha erkinlik bermaslik va futbolchi istagan barcha shartlarini qo'yishi mumkin emasligini, ayniqsa, hozirgi ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatda", deb aytib o'tgan izohi "yoqqan".
Malum vaqtdan keyin futbolchi "layk"ni o'chirib yuborgan.