"Real" klub rahbariyati himoyachi Serxio Ramos bilan yangi shartnoma borasida o'tkazilayotgan muzokaralar uchun so'nggi muddatni belgilab oldi.
"ABC Deportes" tarqatgan xabarga ko'ra, "Qirollik klubi" sardor bilan shartnoma masalasini mart oyiga qadar hal qilib olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, «Madrid» 34 yoshli Ramosga hozirgi maoshiga nisbatan 10% kamroq maosh bilan bir yillik shartnoma taklif qilmoqda. Serxio esa hozirgi maoshi kamaytirilmagan holda ikki yillik shartnoma istamoqda.