Kecha o'z 36 yoshini qarshi olayotgan portugaliyalik superyulduz Krishtianu Ronaldu haqida siz bilmagan 30ta ma'lumotni beramiz.
1. Uning to'liq ismi Krishtianu Ronaldu dos Santos Aveyru, ammo muxlislar uchun oddiygina Krishtianu Ronaldu.
2. Uning ismini otasi qo'ygan. o'sha paytdagi AQSh prezidenti Ronald Reygan sharafiga shunaqa ism tanlashgan. Ammo Ronalduning otasi Reyganning siyosatini emas, aksincha uning kinodagi sevimli aktyori bo'lgan.
3. Krishtianu oshpaz Mariya Dolares dos Santos Aveyru hamda bog'bon Xose Dinis Aveyruning kenja farzandi. Uning bitta akasi Ugo va ikkita opasi Elma va Liliyana Katiya bor.
4. Ronalduning yoshligi kambag'allikda o'tgan. Bolaligida aka-ukalari bilan yotoqxonada ham yashaganligini aytib o'tgan.
5. Portugal sakkiz yoshida "Andorinya" havaskorlar jamoasida to'p tepgan.
6. Krishtianuga bolaligida "yig'layotgan bola" degan laqabi bo'lgan. Uning onasi Dolores Aveyru shunday deydi: "U maktabdan qaytgandan so'ng, men unga uy vazifasini tayyorlashni aytardim. Ammo u derazadan oshib tushib, futbol maydoniga qochib ketgan. Ko'p hollarda gol urolmagani uchun yig'lab kelardi. Shu sababdan uni yoshligida "yig'layotgan bola" yoki "kichkina ari" deb atashardi, chunki uni maydonda hech kim tutolmagan.
7. Ronaldu 14 yoshida maktabdan haydalib ketgan. Bunga sabab u o'qituvchisiga stul otib yuborgan. Futbolchi bunday qilishiga sabab o'qituvchisi unga nisbatan hurmatsizlik qilganini aytib o'tgan. Bu salbiy narsa bo'lishiga qaramay, bu hodisa uning hayotida katta burilishga sabab bo'lgan. Keyinchalik onasi unga bor e'tiborini futbolga qaratishga undagan.
8. Ronaldu mahalliy "Nasonal" jamoasi bilan ilk shartnomasini imzolaydi. Keyinchalik, "Sporting CP" jamoasi mashg'ulotlariga qatnasha boshlaydi, biroz vaqtdan so'ng u noma'lum summa bilan shartnoma imzolaydi. Lissabonning "Sporting"dagi birinchi murabbiyi Paulo Kardoso shunday deydi: "U to'pni qo'lga kiritgach, ikki yoki uch futbolchining oldidan o'tib ketdi. O'yin oxirida uning atrofida futbolchilar to'planishdi, ular uning o'ziga xos bola ekanligini aytishgan edi".
9. O'smirlik chog'ida u sport zalida ikki oyog'ida tosh bilan ko'proq ishlagan, so'ngra to'p bilan dribling bo'yicha shug'ullanardi. Ronaldu og'irlik bilan mashq qilish uning o'yin texnikasini yaxshilaydi deb o'ylagan.
10. 15 yoshida Ronalduga yurak kasalligi tashxisi qo'yilgan, bu holat uni futbol o'ynashdan voz kechishga majbur qilishi mumkin edi. U operatsiyani o'tkazdi, unda lazer yordamida yurakning muammosini keltirib chiqaradigan joyni tozaladi. Operatsiya ertalab bo'lib o'tdi va Ronaldu tushdan keyin kasalxonadan chiqdi. U faqat bir necha kundan keyin mashg'ulotlarni davom ettirgan.
11. Krishtianu o'zining hayoti davomida eng yaqin do'stlaridan biri Albert Fantrauga qarzdor ekanligini tan oladi. "Mening yutug'im uchun do'stim Albertga minnatdorchilik bildirishim kerak. Biz yoshlar klubida birga o'ynardik. "Sporting"dan odamlar kelganida, ular kim ko'proq gol urgan bo'lsa, ularning akademiyasiga qabul qilinishini aytishdi. Biz o'sha o'yinda 3:0 hisobida g'alaba qozondik, men birinchi golni urdim, Albert bosh bilan zarba berib, ikkinchi golni urdi, uchinchisi esa barchani hayratga solgan gol edi. Albert raqib futbolchilaridan birin-ketin o'tib ketdi. Men uning yonida yugurib yurdim, u darvozabonni aylanib o'tdi. Fantrauga shunchaki to'pni bo'sh darvozaga kiritish kerak edi. Ammo, u menga uzatdi va men gol urdim. Men akademiyaga qabul qilindim. Uchrashuvdan keyin uning yoniga borib, "nega" deb so'radim, u javob berdi: "Sen mendan yaxshiroqsan". Bir necha yil o'tgach, jurnalist Albertning uyiga borib, voqea haqiqat yoki yo'qligini so'radi. U buni tasdiqladi. Shuningdek, u o'sha o'yindan so'ng futbolchilik faoliyatini yakunlaganini va hozirda u ishsizligini aytdi. “Ammo bunday ajoyib uyni, mashinani qaerdan oldingiz? Siz boy odamga o'xshadingiz. Siz ham oilangizni boqasiz... Bularning barchasi qaerdan?.. "Albert mag'rur javob qildi: "Bu Krishtianudan".
12. Uning "Sporting Lissabon"dagi birinchi debyut o'yini 17 yoshida Portugaliya Superligasi chempionatidagi jamoaga qarshi o'yinga to'g'ri keldi. Bu safarning boshlanishi bo'lib, uni eng buyuk futbolchilardan biriga aylantiradi.
13. "Manchester Yunayted" 2003-yilda uni sotib olish uchun 12 million funt to'lagan. Bu uning yoshidagi futbolchi uchun rekord narx.
14. Ser Aleks Fergyuson Ronalduga 7-raqamli futbolkani topshirishda hech ikkilanmadi. U shunday dedi: "Bizda xayoliy 7-raqamlar bor edi, Bryan Robson, Erik Kantona, Devid Bekxem, ba'zilari bu formani xohlamasdi, ammo 18 yoshida ham o'ziga bo'lgan ishonch katta bo'lgan futbolchi uchun bu ajoyib raqam. Ronaldu esa 2004 yil raqamiga mos ravishda harakat qila boshladi. Angliya kubogi finalida jamoaning dastlabki uchta golini urdi va chempionlikni qo'lga kiritishda yordam berdi.
15. 2006-yilda Ronaldu Portugaliyaning Madeyra orolida "CR7" nomi ostida moda butigini ochdi. Ronaldu o'z biznesini 2008 yilda Lissabonda ikkinchi kiyim butigi bilan kengaytirdi. Do'konlarda olmosli kamarlar, charm cho'ntaklar bilan jinsi shimlar va patentlangan loaferlar mavjud edi.
16. 2008-yilda, besh yillik 31 million funt sterlinglik shartnomani imzolaganidan bir yil o'tib, Ronaldu gol urish bo'yicha bo'yicha rekord o'rnatdi (42) va o'zining dastlabgi "oltin to'p"iga ega bo'ldi.
17. Uning "Manchester Yunayted"ga bo'lgan sadoqati so'roq ostida edi va 2009-yilda Ispaniyaning "Real Madrid" futbol klubi uni sotib olish uchun "Yunayted" ga rekord darajadagi summa 131 million dollar to'lashga rozi bo'ldi. "Men klubda muvaffaqiyat qozonishim uchun ular mendan ko'p narsani talab qilishlarini bilaman va “Manchester Yunayted"ga qaraganda ancha ko'proq bosim o'tkazishimni bilaman", - deydi Ronaldu jurnalistlarga.
18. Ronaldu 2010-yil 3-iyulda ota bo'lganini e'lon qildi. Uning "Facebook" va "Twitter”dagi rasmiy sahifalarida o'g'lining tug'ilishi haqida ma'lumot beriladi. Krishtianu ismli bola Ronalduning qo'lida tarbiyalanadi. Onasi ofitsiant, u ilgari qisqa vaqt davomida bu qiz bilan uchrashgan.
19. 2010-yil iyun oyida Jahon chempionatiga tayyorgarlik paytida Ronaldu Stiven Jerrard, Pele va Devid Bekxemdan keyin Londonda mumdan ishlangan haykali bor to'rtinchi futbolchiga aylandi.
20. Ronaldu ilgari ingliz modellari Elis Gudvin va Gemma Atkinson bilan uchrashgan. 2010-yildan u rossiyalik model Irina Shayk bilan uchrashgan. Hozirgi kunda argentinalik Jorjino Rodriges bilan munosabatda bo'lib turibdi.
21. Ronalduning "Lahzalar" deb nomlangan tarjimai holi 2007-yil dekabrda nashr etilgan.
22. Portugaliyaning Funchal shahrida unga bag'ishlangan Muzey CR7 nomli muzeyi mavjud bo'lib, unda uning kuboklari, nodir fotosuratlari, medallari va futbolchiga tegishli ko'plab narsalar mavjud.
23. 2011-yil dekabr oyida Krishtianu "Heads Up with Cristiano" deb nomlangan iPhone o'yinini boshladi. O'yin RockLive dasturchisi tomonidan yaratilgan.
24. Shuningdek, u xayriya qilib ham turadi. 2012-yil noyabr oyida Ronaldu 2011-yilda yutgan oltin butsasini 1,5 million evroga sotdi va G'azodagi bolalar maktablarini moliyalashtirish uchun pul berdi. 2012-yil dekabr oyida Ronaldu FIFAning "Sog'liqni saqlash uchun 11" dasturiga qo'shildi.
25. Ronaldu bir mavsumda Olimpiada sprinteriga qaraganda 900 barobar ko'proq yuguradi.
26. Uning erkin zarba berish tezligi taxminan 13,1 km/soniyani tashkil etadi, bu taxminan kosmos shutlining uchirish paytidagi tezlik bilan taqqoslanadi.
27. Ronalduning otasi Xose Dinis Aveyru 52 yoshida alkogolizm tufayli vafot etdi. Natijada, Ronaldu alkogol ichmaydi, chunki ichish unga otasining o'limini eslatadi. Ronaldu chekmaydi ham. Yana bir qiziq ma'lumot, uning tanasida hech qanday tatuirovka yo'q.
28. Krishtianu Ronaldu o'z avlodlari orasida dunyoning eng yaxshi ikki futbolchisidan biri sifatida tan olingan, Krishtianu Ronaldu hujumchi pozitsiyasida o'ynaydi, aksariyat hollarda qanot hujumchisi yoki qanot yarim himoyachisi sifatida ham to'p tepadi.
29. 2014-yil may oyida “Forbes” jurnali Ronalduni dunyoning eng ko'p maosh oladigan o'yinchilari ro'yxatida birinchi o'rinni egallagani haqida ma'lumot berdi, maoshlar, bonuslar va 12 oy davomida maydon tashqarisidagi umumiy daromad 73 million dollarni tashkil qilgan.
30. Ronaldu ajoyib futbolchi bo'lishiga qaramay, uni o'ziga xosligi uchun yoqtirmaydiganlar ham ko'p, chunki u ba'zida biroz mag'rur bo'lib ko'rinishi mumkin. 2011-yilda Ronaldu uni juda boy, kelishgan va iste'dodli bo'lgani uchun odamlar uni yoqtirmasligini jamoatchilik oldida e'lon qilganda.
Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.