"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan hujumchi Eden Azarning jarohatdan tiklanishi haqida gapirdi.
"Bu futbolchi uchun qiyin palla. Uning o'yinini qayta ko'rishimiz vaqt masalasidir va umid qilamanki, u boshqa jarohat olmaydi. Biz eng yaxshi Azarni 2-3 hafta ichida ko'rishimiz mumkin. Uning jarohatlari omadsizlik.
Har qanday o'yinchi uchun bu oson bo'lmaydi. Biz ijobiy munosabatni saqlashimiz kerak. U sodir bo'layotgan ishlardan mamnunmi? Yo'q. U yaxshi formada bo'lish uchun qo'lidan kelgancha harakat qiladi, ammo bilasizki, futbol olamida hech bir futbolchi jarohatdan xoli emas. Albatta, u qaytishni hammadan ko'p xohlayapti» - deydi Zidan.